23/12/2021

? 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, Namangan viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi 1 trln. 728,4 mlrd. so‘mni - tashkil etdi.

? 2020- yilning yanvar-noyabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 1 338,9 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan. 

? O‘tgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining 389,5 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatildi.
? 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, moliyaviy xizmatlar hajmining umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 16,2 % ni tashkil etdi.

? Moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 91,4 % ni tashkil etdi.

? 2021- yilning yanvar-noyabr oylari yakuniga ko‘ra, sug‘urta xizmatlarining ulushi 6,0 % oralig‘ida qayd etildi.

? Moliyaviy va sug‘urtalash xizmatlariga nisbatan yordamchi xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 2,6 % ini tashkil etdi.

Ma'lumot o‘rnida, Мoliyaviy xizmatlar hajmi - moliyaviy vositachilik hisobidan olingan foizli daromadlar hajmi (xizmatlar uchun belgilangan to‘lovlar miqdorida), shuningdek, moliya muassasasi tomonidan ssuda berish yoki depozitni saqlash bo‘yicha xizmatlari uchun to‘lanadigan haq hisobiga ko‘ra olinadi.

Matbuot xizmati