23/12/2021

“Namanganlik tadbirkorlar 2021-yilda Peru, Venesuela, Tunis, Bosniya va Gersegovina hamda Janubiy Afrika davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni boshladilar”, - Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqovning Xalq deputatlari viloyati Kengashi XXVII sessiyasidagi 2021-yilda hududlarda amalga oshirilgan ishlar hamda 2022-yil uchun ustuvor vazifalar boʻyicha Murojaatidan.



2021-yilda viloyatdagi 465 ta eksportyor korxona tomonidan  52 ta davlatga 464 million dollarlik 67 turdagi sanoat va meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.

Joriy yilning oʻzida esa beshta yangi - Peru, Venesuela, Tunis, Bosniya va Gersegovina hamda Janubiy Afrika davlatlari bozorlariga kirib borildi.

Eksportni oshirishda mahsulotlar diversifikatsiyasiga ham alohida eʼtibor berilishi natijasida, joriy yilning oʻzida keramik kafel plita, sunʼiy tola, armatura, qurilish qoplamalari va qurilish boʻyoqlari kabi 11 ta yangi turdagi mahsulotlar eksporti amalga oshirilishiga erishildi.

Namangan.uz