Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida jami 5001,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur‘ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 109,8 % ni tashkil etdi.
Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida;
? Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 257,4 mlrd. so‘mni,
? Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 3096,8 mlrd. so‘mni,
? Qurilish ishlari umumiy hajmida norasmiy sektorning ulushi 1647,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
✅ Ma'lumot o‘rnida, 2021- yil 1- dekabr holatiga ko‘ra qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 2456 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 200 taga oshdi.
Matbuot xizmati