24/12/2021

Ma'naviyat – insonni jamiki boshqa mavjudotlardan ajratib turadigan eng baquvvat ma'naviy-ruhiy omildir. Inson – tabiatning, barcha mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu xislati, ya'ni yuksak ma'naviyat egasi bo‘la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz. Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta'minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma'naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma'naviyat odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.

Joriy yilning 24- dekabr kuni Viloyat statistika boshqarmasi xodimlari uchun o‘tkazilgan tadbirda Ma'naviyat – milliy yuksalish poydevori mavzusida fikr-mulohaza yuritildi. Uchrashuvga Viloyat adliya boshqarmasining Xuquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi boshlig‘i B. Sarimsaqov taklif etildi.

Tadbirda B. Sarimsaqov so‘ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, xususan respublikamizda ayni vaqtda korrupsiya illatiga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligini, bu boradagi qonun qarorlar to‘g‘risida batafsil so‘z yuritdi. 

Uchrashuvda xodimlar o‘rtasida mehr-oqibat, odob-axloq, muomala madaniyati, kamtarlik, samimiylik sifatlari haqida so‘z yuritildi. Yurtimizda kechayotgan islohotlarga daxldorlik, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, o‘z kasbiga fidoiylik, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish lozimligi ta'kidlandi.

 Matbuot xizmati