24/12/2021

Joriy yilning 24- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati tomonidan hududiy boshqarmalar Axborot xizmati xodimlari malakasi va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan onlayn seminar o‘tkazildi.

Seminarda Davlat statistika qo‘mitasi hamda hududiy statistika boshqarmalarining Axborot xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

axborot_241221_1

Tadbirda Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdurasulov Usmon Rustamovich hududiy statistika boshqarmalari Axborot xizmati xodimlarining faoliyati yuzasidan tahliliy va tanqidiy fikr bildirdi.

axborot_241221_2

Shuningdek, tadbir davomida hududiy statistika boshqarmalari Axborot xizmati xodimlariga o‘z kasbiy yo‘nalishi doirasida aholi va ommaviy axborot vositalari xodimlarini o‘z vaqtida va to‘liq xabardor qilish, rasmiy sayt va ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tahliliy ma'lumotlarni joylashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

axborot_241221_3

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan seminarda mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

axborot_241221_4

axborot_241221

Tadbir so‘nggida hududiy statistika boshqarmalari Axborot xizmati xodimlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Matbuot xizmati