? 2017-2021- yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblangan ta’lim va fan sohasini rivojlantirish – uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirishdir.
? Jumladan, Namangan viloyatida ham so‘nggi yillarda sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida Namangan viloyatida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 501,3 mlrd. so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur‘ati 133,7 % ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi, mlrd. so‘m (2021- yil yanvar-noyabr oylarida)
?Namangan sh – 351,6,
?Pop – 23,3,
?Chust – 15,6,
?To‘raqo‘rg‘on – 14,3,
?Uchqo‘rg‘on – 13,8,
?Uychi – 13,5,
?Chortoq – 13,1,
?Kosonsoy – 12,9,
?Norin – 11,3,
?Yangiqo‘rg‘on – 11,0,
?Namangan – 10,6,
?Mingbuloq – 10,3 mlrd. so‘mni tashkil etadi.
✅ Ma'lumot o‘rnida, ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmining bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 4,7 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati