Har bir mamlakatning iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutuvchi savdo sohasi ishlab chiqarish va iste‘mol o‘rtasidagi aloqani ta‘minlaydi, shuningdek, tovarlarni ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga, ularning turlarini yaxshilanishiga va sifatini oshishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi.
Savdo bu – tovarlarning aylanishini, ularning ishlab chiqarish sohasidan iste‘mol sohasiga o‘tishini ta‘minlaydigan iqtisodiyot sohasidir. Ma‘lum bir davlat ichida savdo tovarlarini zarur iste‘molchiga yetkazib berish vazifasini bajaradi. U ulgurji va chakana savdoga bo‘linadi.
✅ 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, Namangan viloyatida savdo xizmatlarining hajmi 3 trln. 449,5 mlrd. so‘mga yetdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatining ulushi 32,3 % ni tashkil etdi.
? 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida savdo xizmatlari tarkibi, % da;
? Joriy davrda chakana savdo xizmatlari ulushi, umumiy savdo xizmatlari hajmining 78,7 % iga to‘g‘ri keladi.
? Ulgurji savdo xizmatlarining ulushi (avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari) 15,8 % ga yetdi.
? Avtomobillar va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha xizmatlar, jumladan, avtomobillar va mototsikllarni ta‘mirlash bo‘yicha xizmatlarni qo‘shgan holda, savdo xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 5,5 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati