27/12/2021

Joriy yilning 27- dekabr kuni Viloyat statistika boshqarmasida Namangan Muhandislik Qurilish inistituti talabalariga "Statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni o‘tkazish" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda, viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Raxmanov, Ro‘yxatga olish jarayonlarini  tashkil etish bo‘limi boshlig‘i N. Najmiddinov hamda Namangan Muhandislik Qurilish inistituti Iqtisodiyot kafedirasi katta o‘qtuvchisi O. Boyto‘rayev va Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari B. Raxmanov viloyatda statistika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, statistika axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta’minlash to‘g‘risida talabalarga tuchunchalar berdi.

Shuningdek, Ro‘yxatga olish jarayonlarini  tashkil etish bo‘limi boshlig‘i N. Najmiddinov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil  11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari  to‘g‘risida"gi 710-son Qarorining mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirishlar berib, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi hamda qarorda aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tasdiqlanganligi tog‘risida tushuntirishlar berib o‘tdi.

 Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Berilgan savol va takliflarga tarmoq bo‘limlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Matbuot xizmati