Joriy yil 22- dekabr kuni Viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish bosh boshqarmasi majlislar zalida viloyat Аdliya, Soliq va Statistika boshqarmalari bilan hamkorlikda "Yillik hisobotlarni tayyorlash va uni muhim jihatlari" mavzusida seminar oʼtkazildi.
✅ Seminarni OʼzNNTMА viloyat hududiy boʼlinmasi boshligʼi - Ikromjon Karimov moderatorligida oʼtkazildi.
✅ Tadbirni viloyat hokimligining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar kotibiyati bosh mutaxassisi – Ibroxim Saydullaevning kirish soʼzi bilan boshlandi.
✅ Shuningdek, tadbir davomida:
Namangan viloyat Аdliya boshkarmasi boʼlim boshligʼi Zulfiya Аxmedxodjaeva - “Nodavlat notijorat tashkilotlarini adliya organlariga hisobotlarni topshirish muddatlari va tartibi”;
✅ viloyat soliq boshkarmasining Soliq servis boʼlimi boshligʼi Muxtorjon Xamidov - “Nodavlat notijorat tashkilotlarini soliq organlariga hisobotlarni topshirish muddatlari va tartibi”;
✅ viloyat statistika boshkarmasi masʼul xodimi Shakatjon Karimov - “Nodavlat notijorat tashkilotlarini statistika organlariga hisobotlarni topshirish muddatlari va tartibi” mavzularida zaruriy maʼlumotlari ishtirok etganlarga tushuntirib berildi.
? Shuningdek, tadbir davomida OʼzNNTMА viloyat hududiy boʼlinmasi bosh mutaxassisi Dilmurod Karimov - “Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʼtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi toʼgʼrisida”gi ishtirok etganlarga bir NNT misolida batafsil tushuntirish berildi.
? Shu bilan birgalikda, OʼzNNTMА viloyat hududiy boʼlinmasi boshligʼi - Ikromjon Karimov tomonidan “Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondining “Millatlararo bagʼrikenglik va doʼstlik muhitini mustahkamlashda fuqarolik jamiyati institutlarini qoʼllab-quvvatlash” mavzuidagi 6-Davlat granti tanlovi mazmun-mohiyati” mavzusida tushunchalar berib, ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari bilan ishtirok etishlari tavsiya etildi.
? Tadbirda “YUKSALISH” umumilliy xarakati viloyat boʼlimi boshligʼi - Nargiza Muxammadieva ham ishtirok etib tadbir va NNTlar faoliyati boʼyicha fikrlarini bildirdi.
Tadbir yakunida mavzu boʼyicha munozara va muhokamalar boʼlib oʼtdi.