Oʻzbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-noyabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 1244 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 87 371,7 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 108,1 % ni tashkil etdi.
Maʼlumot oʻrnida metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 2021-yilning:
- yanvar oyida 6 820,2 soʻm (fizik hajm indeksi
103,9 foiz); - yanvar-fevral oylarida 13 205,4 soʻm (105,4 foiz);
- yanvar-mart oylarida 20 658,3 soʻm (107,9 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 28 817,4 soʻm (111,2 foiz);
- yanvar-may oylarida 36 080,2 soʻm (111,7 foiz) ;
- yanvar-iyun oylarida 44 960,3 mlrd. soʻm (113,0 foiz);
- yanvar-iyul oylarida 53577,7 soʻm (113,4 foiz);
- yanvar-avgust oylarida 62 091,2 soʻm (112,6 foiz);
- yanvar-sentyabr oylarida 70 824,4 soʻm (110,4 foiz) ;
- yanvar-oktyabr oylarida 79 089,9 soʻm (108,4 foiz)
mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati 47,3% (29 ta metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 40,3% (134 ta), hamda Toshkent shahri 9,6 % (327 ta) hissasiga toʻgʻri keldi.
Matbuot xizmati