29/12/2021

Аholini roʼyxatga olishni oʼtkazish sanasida chaqiruv asosida muddatli harbiy xizmatni oʼtayotgan harbiy xizmatchilar boʼlgan, shuningdek kontrakt boʼyicha harbiy xizmatga jalb etilgan harbiy xizmatchilar boʼlgan va ularning yopiq hududlarda yashayotgan oila aʼzosi boʼlgan respondentlar haqidagi shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish harbiy qism komandiri yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Аholini roʼyxatga olishni oʼtkazish sanasida:
bolalar internatlarida, tarbiya muassasalarida, «Bolalar shaharchalari»da;
ijtimoiy muassasalarda;
diniy muassasalarda;
shifoxonalarda va boshqa sogʼliqni saqlash tashkilotlarida;
zoʼravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʼz joniga qasd qilishning oldini olish markazlarida;
qamoqda saqlash joylarida, tergov hibsxonasida, axloq tuzatish muassasalarida va maxsus muassasalarda yashayotgan (boʼlgan) respondentlar toʼgʼrisidagi shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish ushbu qismda nazarda tutilgan muassasalar hamda tashkilotlar maʼmuriyatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʼzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari xodimlari boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ularning oʼzi bilan birga boʼlgan oila aʼzolari, shu jumladan Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlardagi kvotalangan lavozimlarga yuborilgan fuqarolar Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan roʼyxatga olinishi lozim.
Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar doimiy vakolatxonalarining, xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar va chet davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari boʼlgan chet el fuqarolari hamda ularning oila aʼzolari, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq diplomatik imtiyozlarga va immunitetga ega boʼlgan boshqa shaxslar roʼyxatga olinmaydi.

Davlatobot tumani statistika bo‘limi