30/12/2021

Yangi yil bayrami har yili mamlakatimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha zavq, o‘zgacha shavq bilan kutib olinadi. Yangi yil – eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil, ya’ni eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kundir.

Ushbu bayram munosabati bilan Namangan viloyati statistika boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.

 Tadbirda boshqarma boshlig'i S. Melixujayev so‘zga chiqib, barcha xodimlarni kirib kelayotgan yangi yil ayyomi bilan samimiy muborakbot etib, davlat statistika sohasini rivojlantirishdagi samarali va fidokorona mehnati, o’z xizmat vazifasiga bo’lgan sadoqati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun bir qator xodimlarni Davlat Statistika qo`mitasi raisi B. Begalov tomonidan imzolangan faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.

 Matbuot xizmati