O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishda respondentlar soʼrovi quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:
1 — 5 noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmogʼi orqali aholini roʼyxatga olish (5 kun);
6 — 10 noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmogʼi orqali roʼyxatdan oʼtgan respondentlar va ularning uy manzillari roʼyxatini shakllantirish (5 kun);
11 — 22 noyabr kunlari — aholini roʼyxatga olish varagʼi shakllari asosida uyma-uy yurib aholini roʼyxatga olish (12 kun, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga asosan);
23 — 25 noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida oʼrganish (3 kun).
Аgar respondent yashab turgan xonadonida (joyida) roʼyxatdan oʼtishni istamasa, roʼyxatga oluvchi unga instruktorlik uchastkasiga borib roʼyxatdan oʼtishni taklif etadi va uchastka manzilini beradi.
Instruktorlik uchastkalari 2023- yil 1 — 22 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritadi.
Roʼyxatga olish uchastkasi xodimlari, instruktorlar va roʼyxatga oluvchilar belgilangan tartibda maxsus guvohnoma, sumka, roʼyxatga olish varagʼi shakllari va kanselariya buyumlari bilan taʼminlanadi.
Roʼyxatga olish davrida instruktorlar (supervayzerlar) roʼyxatga oluvchilar tomonidan soʼrov oʼtkazilgan respondentlar sonini kunlik nazorat qilib boradi.
Matbuot xizmati