Viloyatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o‘z ta`sirini o‘tkazadi. Jumladan 2021- yil yanvar-noyabr oyi yakuni bilan Namangan viloyatning Gremaniya davlati bilan tashqi savdo aylanmasi 15,4 mln.AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 0,1 mln.AQSh dollariga kamaygan.
Namangan viloyatning Gremaniya davlati bilan tashqi savdo aylanmasi:
? Eksport - 2,8
? Import - 12,6 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.
✅ So'nngi uch yil yanvar-noyabr oylarida tashqi savdo aylanmasi hajmi,
? 2021 - 15,4
? 2020 - 16,0
? 2019 - 26,2 mln. AQSH dollarini tashkil etgan.
Matbuot xizmati