06/06/2022

Ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2022- yil 1- may holatiga ko‘ra 302 tani tashkil etib, ulardan 295 tasi yoki 96,7 % faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 31 taga yoki 1,1 martaga oshganligini ko‘rish mumkin.

 

✅ Ma'lumot o‘rnida, 2022- yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda 15 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.

Matbuot xizmati