13/01/2022

Aholini ro‘yxatga olish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo’yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash bo’yicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘naydi.
Avvalo aholini ro’yxatga olish tarixiga murojaat qiladigan bo’lsak, dastlabki aholi ro’yxati manbaalarda keltirilishicha, O’zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979-yillarda va so’nggi martta 1989 yilda amalga oshirilgan.
Mustaqillikdan so’ng respublikamizda aholini ro’yxatga olish tadbiri birinchi marta 2023- yilda bo’lib o’tadi va har 10 yilda amalga oshiriladi. Aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etish-mamlakatning kelajakdagi rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish demakdir.

Matbuot xizmati