Joriy yilning 19- yanvar kuni Davlat statistika qo'mitasida Xalqaro mehnat tashkilotining "Norasmiy iqtisodiyotdan rasmiy iqtisodiyotga o‘tish" loyihasi doirasida loyiha koordinatori L.Kachkinbayeva bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Xalqaro mehnat tashkilotining "Norasmiy iqtisodiyotdan rasmiy iqtisodiyotga o‘tish" loyihasining maqsadi – O'zbekistonda mehnat faoliyatining turli shakllaridagi ishchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda, barqaror siyosatni ishlab chiqishda ularning bevosita ishtirok etishi orqali norasmiy iqtisodiyotdagi ishchilarni tegishli darajada himoya qilish uchun xalqaro tashkilotlar va milliy hamkorlarning salohiyatini oshirishdan iborat.
Mazkur uchrashuvda Davlat statistika qo'mitasi Markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuvda norasmiy bandlik va norasmiy sektorda bandlik bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirishga oid masalalar muhokama qilindi.
Bunga qo'shimcha ravishda, Davlat statistika qo'mitasi tomonidan yuqorida keltirilgan loyiha doirasida statistik ma'lumotlarni taqdim etish masalasi ko'rib chiqildi.
Matbuot xizmati