21/01/2022

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

2022- yilning 21- yanvar kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar berib o‘tildi.

 

Jumladan, mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida, Amir Temurning davlat va jamiyat boshqaruviga oid qarashlari to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qub eshittirildi.

 

 

Shuningdek, o‘quv soati O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan  muhim jarayonlarga, xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.

 

Matbuot xizmati