2022- yilning 26- yanvar kuni MDHga aʼzo davlatlarning statistika idoralari rahbarlari Kengashining 64- majlisi videokonferensaloqa shaklida boʻlib oʻtdi.
Ushbu majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich raislik qildi.
Kun tartibiga muvofiq, “MDHning Davlatlararo statistika qoʻmitasi raisi” masalasi muhokama qilindi.
Majlis yakunlari, shuningdek, qaror va tegishli hujjatlar toʻplami MDH hukumat rahbarlari Kengashida koʻrib chiqishga kiritish uchun belgilangan tartibda MDH Ijroiya qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Matbuot xizmati