28/01/2022

Namangan viloyatida, 2021– yilning yanvar– dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 137,2 ming tonna uzum ishlab chiqarildi. Ushbu ko‘rsatkich 2020– yilning yanvar– dekabriga nisbatan 4,7 % ga ko‘paygan.

 ❇️Namangan viloyati hududlar bo‘yicha uzum yetishtirish hajmi, tonna

? Yangiqoʼrgʼon tumani – 50 364 t,
? Toʼraqoʼrgʼon tumani – 22 153 t,
? Uychi tumani – 11 820 t,
? Namangan tumani – 11 311 t,
? Chortoq tumani – 11 122 t,
? Chust tumani – 8 496 t,
? Uchqoʼrgʼon tumani – 6 196 t,
? Kosonsoy tumani – 4 941 t,
? Namangan shahri – 3 918 t,
? Pop tumani – 3 501 t,
? Norin tumani – 2 028 t,
? Mingbuloq tumani – 1 396 tonnani tashkil etdi.

✅ Ma'lumot o‘rnida, uzum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, uzum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 60,4 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Matbuot xizmati