Namangan viloyati bo‘yicha 2021– yilning yanvar– dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 296 774 t. meva va rezevor mahsulotlari yetishtirilgan. Bu ko‘rsatkich 2020– yilning yanvar– dekabr oylariga nisbatan 4,8 % ga ko‘paygan.
❇️ Namangan viloyati hududlar bo‘yicha meva va rezavorlar yetishtirish hajmi, tonna
?Yangiqo‘rg‘on – 91 859,
?Chortoq – 41 139,
?To‘raqo‘rg‘on – 25 427,
?Chust – 24 610,
?Namangan – 23 356,
?Pop – 17 401,
?Uychi – 16 465,
?Norin – 14 293,
?Kosonsoy – 13 081,
?Namangan sh – 11 627
?Uchqo‘rg‘on – 8 944,
?Mingbuloq – 8 572 tonnani tashkil etgan.
✅ Ma'lumot o‘rnida, meva va rezevor mahsulotlari yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, poliz ishlab chiqarish umumiy hajmidan 50,5 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Matbuot xizmati