31/01/2022

Shu kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlaridan iborat delegatsiya Belarus Respublikasining Minsk shahrida aholini ro‘yxatga olishda planshet qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha Belarus Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tajribasini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.

belarus_310122_1

belarus_310122_2

Mazkur uchrashuvlar BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (UNFPA) hamkorligida tashkillashtirilgan. Ushbu uchrashuvlarda Davlat statistika qo‘mitasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasidan Q. Berdiqulov, K. Saparov va S. Guseynov, Axborot xavfsizligi boshqarmasidan Sh. Djanadilov, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasidan Sh. Samadov va M. Umarov, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda UNFPA vakillari ham ishtirok etishmoqda.

belarus_310122_3

belarus_310122_4

Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasida 2021- yil noyabr oyida o‘tkazilgan aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish natijalari asosida uslubiy va huquqiy normativ hujjatlarini, aholini ro‘yxatga olish dasturini hamda aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish bo‘yicha axborot tizimini takomillashtirish, aholini ro‘yxatga olishda planshet qurilmalaridan foydalanish kabi qator aholini ro‘yxatga olish tadbiriga oid dolzarb masalalar bo‘yicha bilim va tajribalar o‘rganilmoqda.

belarus_310122_5

Minsk shahrida o‘tkazilayotgan mazkur uchrashuvlarning Davlat statistika qo‘mitasi uchun muhim ahamiyati shundaki, mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish tadbirini tashkil etishda MDH davlatlari, jumladan, Belarus Respublikasi ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur uchrashuvlar, ularda ko‘tarilgan masalalar hamda xizmat safari yakuniga oid ma'lumotlar bilan sizlarni tanishtirib boramiz.

Matbuot xizmati