31/01/2022

Namangan viloyatida, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida asosiy kapitalga 13 trln. 302,4 mlrd. so‘mlik investitsiyalar yo‘naltirildi, shundan 85,6 % jalb qilingan mablag’lar, 14,4 % korxonalar va tashkilotlarning o‘z mablag’lari hisobidan ta’minlandi.

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari;

? To‘g’ridan-to‘g’ri va boshqa xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar - 3 trln. 687,9 mlrd. so‘m,

? Korxonalar mablag’i, mahalliy byudjet va homiy rezident mablag’lari - 3 trln. 337,2 mlrd. so‘m,

? Bank kreditlari va boshqa qarz mablag’lari - 2 trln. 202,0 mlrd. so‘m,

? Aholi mablag’lari - 2 trln. 161,0 mlrd. so‘m,

? Respublika byudjeti - 1 trln. 015,5 mlrd. so‘m,

? O‘zbekiston Respublikasi kafolati bilan chet el kreditlari - 652.0 mlrd. so‘m,

? Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg’armasi - 181,2 mlrd. so‘m,

? Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari - 65,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

✅ Ma'lumot o‘rnida, asosiy kapitaldagi investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga kiritilgan investitsiyalar hajmi 7 trln. 049,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu jami investitsiyalarning 53,0 % ini tashkil etdi.