01/02/2022

Oʼzbekiston Respublikasida 2023- yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan aholini roʼyxatga olish jarayonlari tartibi quyidagilardan iborat:

Oʼzbekiston Respublikasida aholini roʼyxatga olishda respondentlarning huquq va majburiyatlari-oʼzining shaxsga doir maʼlumotlari nima maqsadda yigʼilayotganligini, ushbu maʼlumotlardan kim va qanday tarzda foydalanishini bilish;
- oʼzi uchun toʼldirilgan roʼyxatga olish varaqlari bilan tanishib chiqish, roʼyxatga olish varaqlariga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlarning toʼliqligi va ishonchliligini aniqlashtirish;
- roʼyxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomani koʼrsatishini talab qilish, rad etilgan taqdirda esa roʼyxatga olish varagʼidagi savollarga javob bermaslik;
-roʼyxatga olish varagʼining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish huquqiga ega.
Respondentlar aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga monelik qilmasligi shart.

Axborot xizmati