09/02/2022

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 19- maydagi “O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5117- son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Viloyat statistika boshqarmasi tomonidan tegishli buyruq tasdiqlangan.

Xususan, 2021- yil 15- oktabrdan boshlab Viloyat statistika boshqarmasida ta'lim tashkilotlari o'qituvchilarini shartnoma asosida jalb qilib, haftada kamida ikki marotaba tizim xodimlami xorijiy tilga o'qitish amaliyoti yo'lga qo'yilgan.

Jumladan, boshqarmaning 15 ga yaqin xodimlariga ingliz tili o‘quv kurslarini boshlang’ich bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagani uchun sertifikatlar topshirildi.

Ma'lumot o‘rnida, xodimlar ingliz tilida so’zlashish (Speaking) grammatika, o’qish (Reading), tinglash (Listening) va boshqa interaktiv yo’nalishlar orqali o’qitilmoqda.

Axborot xizmati