11/02/2022

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 710-son Qaroriga muvofiq 2023- yil 1-25 noyabr kunlari aholini roʼyxatga olish belgilab oʼtilgan.
Аholini roʼyxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik koʼrish maqsadida Qonun ishlab chiqildi. Ushbu Qonunda aholini roʼyxatga olish tartiblari belgilangan boʼlib, Jumladan;
-Oʼzbekiston Respublikasida aholini roʼyxatga olishda respondentlarning huquq va majburiyatlari-oʼzining shaxsga doir maʼlumotlari nima maqsadda yigʼilayotganligini, ushbu maʼlumotlardan kim va qanday tarzda foydalanishini bilish;
- oʼzi uchun toʼldirilgan roʼyxatga olish varaqlari bilan tanishib chiqish, roʼyxatga olish varaqlariga kiritilgan shaxsga doir maʼlumotlarning toʼliqligi va ishonchliligini aniqlashtirish;
- roʼyxatga oluvchi xodimlardan tegishli guvohnomani koʼrsatishini talab qilish, rad etilgan taqdirda esa roʼyxatga olish varagʼidagi savollarga javob bermaslik;
-roʼyxatga olish varagʼining shakliga binoan shaxsga doir ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish huquqiga ega.
Ushbu tadbir orqali eng avvalo Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari uchun muhim maʼlumotlar tayyorlanadib Jumladan;
-Аholini aniq soni
-Yoshga doir maʼlumotlarga asosan, 3-7 yoshgacha boʼlgan bolalarimizni bogʼchalarga jalb qilishiimiz, ular uchun yetarli sharoitga ega boʼlgan, oʼzlariga yaqin hududlarga bogʼchalar qurish uchun aniq maʼlumotlar shakllantirishga
-Аholi bandligi maʼlumotlariga asosan esa fuqarolarimizning ish bilnad taʼminlash uchun korxonalar, kichik sanoat zonalari tashkil etish, ularga bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda mehnat haq toʼlash tizimini takomillashtirish, migratsiya koʼrsatkichlarini pasaytirgan holda oʼzimizda ish oʼrinlari yaratishga
- Аholi salomatligini hamda taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida hududlarda shifoxonalar va oliy oʼquv yurtlari, maktablar qurilishiga
- Mahallalarning infratuzilma sharoitlarini yaxshilash, joylarda asfaltlash, elektrlashtirish, gaz, suv va kanalizatsiya tarmoqlari tortilishi hamda internet tarmoqlarini yaxshilashga
-Xonadonlarda yashab kelayotgan oilalar sonidan kelib chiqqan holda ularning uy joylarga boʼlgan talablarini qondirish maqsadida, maqsadli dasturlar ishlab chiqqan holda ularga qulay narxlarda uy-joy bilan taʼminlashga
-Mahallalarda istiqomat qilib kelayotgan yoshlar, xotin-qizlar, ish bilan band aholi, keksalar soni hamda ushbu mahallaning pasport maʼlumotlari shakllantiriladi.
Yangi Oʼzbekistonning bir qismi boʼling!!!

Axborot xizmati