O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
2022- yilning 11- fevral kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.
Jumladan, “Zahiriddin Muhammad Boburning davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi islohatlari”, “Mahallalarda ish o‘rinlari yaratish va oilalar daromadini ko‘paytirishning yangi tizimi” haqidagi ma’ruzalar tinglandi.
Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.
Axborot xizmati