15/02/2022

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o'rganishda mamlakat hududida o'tkaziladigan aholini ro'yxatga olish ma'lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonni sfatli o‘tkazish maqsadida Namangan viloyatining barcha hududlarida targ'ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan joriy yilning 15- fevral kuni Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi 14-sonli umumtalim maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida"gi 710-son Qarori ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi birinchi o‘rinbosari B. Xoliqov O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 710-son Qarorining mazmun mohiyati to‘g’risida tushuntirishlar berilib, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi hamda qarorda aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tasdiqlanganligi tog’risida ma'lumotlar berdi.

Shuningdek, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig'i N. Najmiddinov ushbu qarorda "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida" nizom, aholini  ro‘yxatga olish jarayoniga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash miqdori, O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanganligi yuzasidan tushunchalar berdi.

Tadbir davomida tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida atroflicha ma'lumotlar berildi.

 

Axborot xizmati