Joriy yilning 15- fevral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida “Inson resurslarini boshqarish hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini bugungi kunda ishga qabul qilish tartibi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Viloyat statistika boshqarmasi boshqarmasining Kadrlar bo‘limi boshlig‘i M. Asraqulov, Dasturiy-texnik ta`minot va ma`lumotlarni saqlash markazi bo‘limi boshlig‘i A. Mutalov hamda Namangan Davlat Universiteti o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda Viloyat statistika boshqarmasi boshqarmasining Kadrlar bo‘limi boshlig‘i M. Asraqulov, yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2022- yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash borasida qabul qilingan davlat dasturi hamda bunga asosan hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.
Shuningdek tadbir davomida Dasturiy-texnik ta`minot va ma`lumotlarni saqlash markazi bo‘limi boshlig‘i A. Mutalov mamlakatimizda talabalarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, xususan, Statistika boshqarmasida ularga amaliyot o‘tashlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi to‘g‘risida hamda kelajakda bitiruvchilarni ishga qabul qilish to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida ushbu yo‘nalishda ishlarni yanada rivojlantirish hamda talabalar bilan ishlash borasidagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish fikr mulohaza almashildi.
Axborot xizmati