2021- yilda Oʻzbekiston xorijga qiymati 22,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 82,9 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 23 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan boʻlib, eksport hajmi 2020-yil bilan solishtirilganda 22,7 ming tonnaga kamaygan.
2021- yil mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 33,6 ming tonna
Rossiya – 20,3 ming tonna
Qirgʻiz R. – 15,6 ming tonna
Ukraina – 5,6 ming tonna
Latviya – 2,9 ming tonna
Belarus – 1,4 ming tonna
Tojikiston – 1,4 ming tonna
Germaniya – 1,2 ming tonna
Axborot xizmati