21/02/2022

Namangan viloyati bo‘yicha 2021– yilning yanvar– dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 163,9 ming t. go‘sht ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2020– yilning yanvar –dekabr oylariga nisbatan 4,7 % ga ko‘paygan.

❇️Namangan viloyati hududlar bo‘yicha go‘sht yetishtirish hajmi, tonna

?Namangan sh – 36 995
?Yangiqo‘rg‘on – 16 466
?Chust – 14 492
?Uychi – 13 925
?Uchqo‘rg‘on – 12 666
?To‘raqo‘rg‘on – 11 246
?Kosonsoy – 11 034
?Norin – 10 047
?Pop – 9 932
?Mingbuloq – 9 349
?Chortoq – 8 959
?Namangan – 8 835 tonnani tashkil etdi.

Ma'lumot o‘rnida, go‘sht yetishtirish ko‘rsatkichlari xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, go‘sht ishlab chiqarish umumiy hajmidan 87,3 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelganini qayd etish zarur.

Axborot xizmati