22/02/2022

Joriy yilning 21- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich hududiy statistika idoralarining faoliyatini o‘rganish maqsadida  Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Dastlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi bo‘limlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, “1-KB yillik” – mikrofirma va kichik korxonalarning 2021- yil uchun hisoboti va “1-FX yillik”– fermer xo’jaliklari faoliyati to’g’risida 2021- yil uchun hisoboti statistik hisobotlarining o‘z vaqtida sifatli qabul qilish samaradorligini oshirish yuzasidan alohida topshiriqlar berdi.

220222___1

Shuningdek, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida sifatli va to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif davomida qo‘mita raisi Kegeyli tumani, Nukus shahridagi markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini kuzatib, dehqon bozoridagi sotuvchi va tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

 220222___2

220222___3

220222___4__

O‘z navbatida, qo‘mita raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi xodimlariga hududiy markaziy dehqon bozorlarida, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shakllantirishda planshetlardan foydalanish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.

Bu esa o‘z navbatida, qo‘mita tomonidan har oyda shakllantirilib, e'lon qilinadigan O‘zbekiston Respublikasining inflyatsiya darajasi ko‘rsatkichlarining obyektiv va shaffofligining yanada ta'minlanishiga xizmat qiladi.

220222___5__

220222___6__

220222___7__

Davlat statistika qo‘mitasi raisining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Matbuot xizmati