2021- yil IV chorak yakunlariga ko‘ra, kichik korxona va mikrofirmalar o‘rtasida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazildi. Ushbu so‘rovnomada 897 ta kichik korxona va mikrofirmalar ishtirok etdi. Ularning 341 (38,0%) tasi iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholadi. 471 (52,5%) tasi subyektlar iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholadi. Qolgan 85(9,5%) ta subyektlar iqtisodiy vaziyatni qoniqarsiz deb baholagan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarning taqsimlanishi (ulushi)
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6,3 % (56 ta),
✅ sanoatda – 23,6 % (212 ta),
✅ qurilishda – 8,0 % (72 ta),
✅ savdoda – 35,9 % (322 ta),
✅ xizmatlar sohasida – 26,2 % (235 ta) ni tashkil etdi.
Axborot xizmati