09/02/2022

2022- yil fevral oyida taqdim etish lozim boʼlgan hisobotni muddatidan kechiktirmay taqdim eting.

 

Hisobot shakli 

Hisobot mazmuni

davriyligi 

Taqdim etish muddati

1

 

1-notijorat shakli

notijorаt tаshkilotning fаoliyati toʼgʼrisidа

yillik

 15-fevral

sanasidan kechiktirmay

 

2

1-kb shakli

mikrofirmа vа kichik korxonаning

yillik

15-fevral

sanasidan kechiktirmay

 

3

12-moliya

Tashkilotning moliyaviy ahvoli toʼgʼrisida hisobot” 

Oylik

hisobot davrining 18-sanasidan kechiktirmay                                      
4 1-moliya shakli Asosiy vositаlаrning mavjudligi vа harakati hamda boshqa nomoliyaviy аktivlаr toʼgʼrisidа  yillik  

18-fevral

sanasidan kechiktirmay

5 1-eko (muhofaza) shakli  Tabiatni muhofaza qilish toʼgʼrisida yillik  

18-fevral

sanasidan kechiktirmay

Barcha turdagi davlat statistika hisobotlari toʼliq elektron shaklda qabul qilinadi.


Elektron raqamli imzoga ega boʼlmagan yoki ERI kalitning amal qilish muddatlari tugagan subyektlar zudlik bilan elektron raqamli imzoni olishlari yoki muddatlarini yangilashlari lozim, aks xolda Davlat Statistika hisobotlarini oʼz vaqtida belgilangan muddatlarda topshirish imkoniyati boʼlmaydi, bu oʼz navbatida amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab boʼladi. Yaʼni mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur boʼlgan hisobot va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot maʼlumotlarini buzib koʼrsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab boʼladi.
Internet tarmogʼi vositasida, davlat statistika hisobotlarini elektron koʼrinishda yigʼish avtomatlashtirilgan tizimi eStat 4.0 orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etiladi. Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasining www.stat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Hisobotni taqdim etishda yuzaga keladigan muammolalar boʼyicha quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling: (0369) 227-82-57


Namangan shahar statistika bo'limi