2022-yil 25-fevral kuni MDH mamlakatlarning yosh statistik ekspertlari ishtirokida onlayn yig‘lish o'tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining yosh xodimlari ham ishtirok etdi.
Mazkur tadbir BMT Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoi komissiyasi (ESKATO) tomonidan tashkil etildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad MDH mamlakatlari milliy statistika idoralarining faol va tashabbuskor yosh vakillarini birlashtirishdir.
Tadbirda qo‘shni davlatlar to‘plagan tajribani o‘rganish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar haqida fikr-mulohaza almashildi.
Axborot xizmati