07/03/2022

Mamlakatimizdagi kabi, viloyatimizda ham qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida qator ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan joriy yilning yanvar oyida Namangan viloyatida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning soni 362 tani tashkil etib, o‘sish sur'ati oʼtgan yilning shu davriga nisbatan 63 %ni tashkil etgan.

Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni (iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha, 2022- yil yanvar oyida, birlikda)

?Savdo – 131
?Sanoat – 63
?Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 45
?Boshqa turlari – 59
?Qurilish – 18
?Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 20
?Tashish va saqlash – 17
?Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 3
?Axborot va aloqa – 6 tani tashkil etmoqda.

Matbuot xizmati