O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
2022- yilning 11- mart kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.
Jumladan, mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur'atlarini ta'minlash (2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo‘nalishi mazmun-mohiyati) hamda oila va xotin- qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari tushuntirildi.
Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.
Axborot xizmati