11/03/2022

Joriy yilning 9–10- mart kunlari Davlat statistika qo‘mitasida minimal iste’mol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibi hamda kambag‘allik darajasini amaliyotga joriy etish masalasi yuzasidan seminar tashkil etildi.

ichi-100322

3

4

5

Tadbirda Jahon banki eksperti William Seitz, Davlat statistika qo‘mitasining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistika boshqarmasi xodimlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga Jahon banki eksperti William Seitz mavzu yuzasidan batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, seminar jarayonida Jahon banki eksperti va seminar ishtirokchilari “Uy xo‘jaligi tanlanma kuzatuvlari” savolnomalarini yanada takomillashtirish borasida fikr-mulohaza almashishdi.

Matbuot xizmati