11/03/2022

2021– yilning yanvar-dekabr oylarida, qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 804,7 ming taga yetdi. 2020– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni – 22,2 ming taga (2,8 %) ko‘paydi.

 Namangan viloyati hududlar bo‘yicha qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni, ming bosh

?Namangan sh –148,7
?Chust – 127,8
?Pop – 116,9
?Yangiqo‘rg‘on – 66,9
?Kosonsoy – 61,2
?To‘raqo‘rg‘on – 57,7
?Chortoq – 51,2
?Uychi – 41,5
?Uchqo‘rg‘on – 39,9
?Norin – 38,0
?Namangan – 33,3
?Mingbuloq – 21,8 ming boshni tashkil etgan.

✅ Ma'lumot o‘rnida, 2022– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, yirik qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 93,2 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzaitildi.

Axborot xizmati