2021– yilning yanvar – dekabr oylarida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 12 066,1 mlrd. so‘mni yoki 2020– yilning mos davriga nisbatan 105,2 % ni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 56,4 % ni tashkil qildi.
Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 538,3 ming tonna –don ekinlari, 885,9 ming tonna – sabzavot, 241,0 ming tonna –kartoshka, 123,8 ming tonna – poliz, 296,8 ming tonna – meva va rezavorlar hamda 137,2 ming tonna – uzum yetishtirildi.
Axborot xizmati