17/03/2022

Davlat soliq qo‘mitasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida soliq ma’murchiligini isloh qilish va sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Soliq tizimidagi yangiliklar, o‘zgarishlar hech kimni – tadbirkorlarni ham, jismoniy shaxs sifatida soliq to‘lovchilarni ham befarq qoldirmaydi. Chunki soliq tizimida islohotlarni amalga oshirmay turib ertangi kunimizni, farovon jamiyat qurishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bois keyingi yillarda soliq tizimini isloh qilishga qaratilgan bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi va bu islohotlar davom etmoqda.

Yig‘ilishda alohida qayd etilganidek, bugungi soliqchilar uch yil oldingilardan keskin farq qiladi.

– Xalqaro tajriba o‘rganilib, uzoq muhokamalardan so‘ng ikki yil oldin yangi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i, qo‘shimcha qiymat solig‘i tushirildi. Mutlaqo yangi soliq tizimi yaratildi. Soliq yuki kamayib, daromadlarimiz oshib borsa, odamlar bizdan rozi bo‘ladi,– dedi Prezident.

O‘zA