2020- yilning 1- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Shundan kelib chiqib, 2022- yilning 17- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘yicha onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasining investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.
Seminar davomida sohaga oid savol-javob o‘tkazildi. Hududiy statistika boshqarmalarining investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi xodimlari savollarga javob berish jarayonida asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari statistikasi, qurilish ishlari hajmining tarkibi, qurilish ishlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni, asosiy kapitalga investitsiyalar, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar bo֥‘yicha ham alohida to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Matbuot xizmati