18/03/2022

✅ Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatida jami 698,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 106,3 % ni tashkil etdi.

✅ Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.

♻️  Qurilish ishlari hajmining tarkibi, % da

?Yirik qurilish tashkilotlari - 6,9

?Norasmiy sektor - 18,9

?Kichik korxona va mikrofirmalar - 74,2

✅ Ma'lumot o‘rnida, qurilish ishlari hajmi bu – o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari, yangi qurilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda boshqa pudrat qurilish ishlari natijasidir.

Axborot xizmati