Joriy yilning 25- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “Аxborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda boshqarma rahbariyati, bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Xoliqov xar bir xodim boshqarma tomonidan tasdiqlangan axborot xavfsizligi qoidalariga rioya etishi zarurligi haqida alohida takildlab o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida Dasturiy texnik ta’minot va ma’umotlarni saqlash markazi boshlig‘i A.Mutalov АKT sohasida yuzaga keladigan turli xil tahdidlar, ularning turlari, havfli darchalar, tahdid mezonlari, ichki va tashqi tahdidlar yuzasidan ma’lumotlar berdi.
O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati