Joriy yilnning 31- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida 2021- yilda statistika sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, bo'lim boshliqlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i S. Melixujayev mamlakatimizda so‘nggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani, islohotlarning muhim yo‘nalishi sifatida statistika sohasining qonunchilik asoslarini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilayotganligi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi PQ-4796-son qarori bilan tasdiqlangan “2020–2025- yillarda statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da muhim vazifalar belgilab berilgaligi tog’risida tushuntirishlar berib o‘tdi.
Shuningdek, tarmoq bo‘limlari tomonidan 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy holati hamda O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan 2021- yilda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati