05/04/2022

Joriy yilning 5- aprel kuni Davlat statistika qo’mitasida qo’mita Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning BMTning Aholishunoslik bo’yicha jamg’armasining (UNFPA)ning O’zbekistondagi vakili janob Yu Yu bilan bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

ichi-050422-perep0

Uchrashuvda, shuningdek, UNFPAning loyihalar bo‘yicha  maslahatchisi Kamolxon Inamxo‘jayev va konsultant/tarjimon A’zam Toshpulotov, Davlat statistika qo‘mitasining Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig’i Qobil Berdiqulov va boshqarma boshlig’i o’rinbosari Sherzod Do’snayev ishtirok etdi.

050422-per2

050422-per3

Uchrashuv davomida aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

 

050422-per4

Missiya vakillari, uchrashuv davomida qo’yilgan barcha savollar bo’yicha to’liq javob va tushuntirishlar oldilar. Uchrashuv yakunida Missiya vakillari Davlat statistika qo’mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

050422-per5

Eslatib o’tamiz, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “2023- yilda O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan 2021-yilning 1-25 noyabr kunlari Аndijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri va Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbirlari o`tkazildi.

Axborot xizmati