Har bir mamlakatning iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutuvchi savdo sohasi ishlab chiqarish va iste‘mol o‘rtasidagi aloqani ta‘minlaydi, shuningdek, tovarlarni ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga, ularning turlarini yaxshilanishiga va sifatini oshishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi.
✅ 2022- yilning yanvar-fevral oylarida, Namangan viloyatida savdo xizmatlarining hajmi 601,3 mlrd. so‘mga yetdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatining ulushi 30,9 % ni tashkil etdi.
✅ Ma'lumot o‘rnida, savdo bu – tovarlarning aylanishini, ularning ishlab chiqarish sohasidan iste‘mol sohasiga o‘tishini ta‘minlaydigan iqtisodiyot sohasidir. Ma‘lum bir davlat ichida savdo tovarlarini zarur iste‘molchiga yetkazib berish vazifasini bajaradi. U ulgurji va chakana savdoga bo‘linadi.
Axborot xizmati