06/04/2022

Namangan viloyatida 2022- yilning yanvar-fevral oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 404,5 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 34,3 % ni tashkil etdi.

✅ Hududlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Yangiqo`rg`on (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 100,0 %), Chortoq (100,0 %), Mingbuloq (69,3 %) va Uychi (62,1 %) tumanlarida kuzatildi.

✅ Viloyat hududlari kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng kichkina ulush Uchqo’rg’on (8,6 %), To’raqo’rg’on (10,3 %), Chust (26,5 %) va Namangan (32,4 %) tumanlarida sanoat ishlab chiqarish hajmlaridagi kichik biznes subyektlari ulushining kamligini, mazkur hudularda joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin