07/04/2022

Joriy yilning 6- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning Xalqaro valyuta jamg'armasining O’zbekiston bo’yicha missiyasi rahbari Ron Van Ruden boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv Xalqaro valyuta jamg’armasi delegatsiyasining O’zbekistonga tashrifi doirasida o'tkazildi. Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasi markaziy apparati boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi. Kun tartibiga muvofiq, YaIM statistikasi va ko’chmas mulk narxlari, ma’lumotlarni tarqatishning maxsus standarti (MTMS)ni joriy etish hamda XVJ texnik ko’magi masalalari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi 2018- yilning may oyidan Xalqaro valyuta jamg‘armasining “Kengaytirilgan ma'lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi”ga ulangan. 2019- yilda O‘zbekiston Respublikasining “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o‘tishi yuzasidan Hukumatning “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Mazkur vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorida ham belgilangan.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasining “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o‘tish yuzasidan tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va har tomonlama yaqindan texnik va konsultativ ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

ichi-060422-mvf2

mvf1

mvf2

mvf3

mvf4

Matbuot xizmati