08/04/2022

Joriy yilning 8- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparatidan biriktirilgan vakil F.To’rayev Namangan viloyatiga tashrif buyurib, bozorlardagi narx-navoni o‘rganib, narx kuzatuvlari bilan yaqindan tanishdi.


Markaziy apparatidan biriktirilgan vakil Namangan shahridagi markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini kuzatib, dehqon bozoridagi sotuvchi va tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.


Shuningdek, Namangan viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi xodimlariga hududiy markaziy dehqon bozorlarida, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari hamda oylik narx kuzatuvlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shakllantirishda planshetlardan foydalanish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.